Четверг, 26.06.2025, 22:32
UzApk.Ru
Меню сайта
Категории раздела
Odnoklassniki sirlari [51]
Chiroyli nik tayyorlash [2]
Telefon Sirlari [71]
Telefon Proshivka Qilsh Sirlari [3]
Pishiriqlar [0]
Qiziqarli Ma'lumotlar [0]
Foydali Maslahatlar [8]
Kompyuterni O'rganamiz [6]
Dunyo G'aroyibotlari [0]
Kerakli Maslahatlar [0]
Pazandalik Sirlari [2]
Salomatlik Sirlari [0]
Hayotiy hikoyalar [0]
Sherlar Olami [0]
Bepul SmS Yuborish [4]
Tush Ta'birlari [5]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 37
Статистика

Hozirda saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Статьи » Foydali bo'lim » Foydali Maslahatlar

Uzoq umr ko'rish Sirlari
Bugun Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish darajasi
dunyo bo‘yicha eng yuqori sanalib, 81,25 ni
tashkil etadi. Fransuzlar esa o‘rtacha 77,7 yil
yashaydi va Yevropadagi eng uzoq umr ko‘ruvchi
xalq hisoblanadi. Skandinaviyada bu ko‘rsatkich
— 75-78, Italiyada — 77, Kubada esa 76 yoshni
tashkil etadi. Ayni chog‘da, har bir xalqning
sog‘lom va uzoq yashash bo‘yicha o‘zlariga xos
sirlari ham ko‘p.
Shu narsa taajjubliki, 1941 yilga qadar
Yaponiyada o‘rtacha umr qirq yoshdan
oshmagan. Biroq ikkinchi jahon urushidan so‘ng
ahvol o‘zgargan. Bu mamlakatda dengizbo‘yi
iqlimi uzoq yashashning muhim jihatlaridan biri
hisoblandi. Negaki, dengiz havosi organizmga
ta’sir ko‘rsatadigan zararli moddalarni tozalab,
qulay sharoit yaratadi. Taomlarda soya miqdori
ko‘pligi esa yurak xastaliklarining oldini olib,
suyaklarni mustahkamlaydi. Ko‘k choy modda
almashinuvini yaxshilaydi. Dengiz mahsulotlari
(baliq va boshqa jonivorlar, turli suv o‘tlari)
tarkibida yod va ftorning ko‘pligi ham
salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi
uch foizigina ortiqcha vaznga ega.
Sog‘lom va uzoq yashash uchun yaponlardan
ko‘k choy ichishni, soya va pishgan baliqni ko‘p
iste’mol qilishni o‘rgansa bo‘lar ekan. Fransuzlar
esa taomlarni juda kam iste’mol qilishadi. Hatto
restoranlarda kosaga solib beriladigan bir kishilik
ovqat miqdori ham boshqa mamlakatlardagiga
qaraganda ancha kam. Buning ustiga taomni
mayda chaynab, sekin iste’mol qilish urf bo‘lgan.
Ayni chog‘da, ular pishloq, qaymoq, go‘sht, yog‘,
turli pashtet va vinoni xush ko‘rishadi, shoshilib
ovqatlanishga esa madaniyatsizlik belgisi deb
qarashadi. Shoshilmay ovqatlanish tufayli bir
oyda 4-5 kilogramm ortiqcha vazndan xalos
bo‘lish va organizmni oz miqdordagi taomlarga
qanoat qilishga o‘rgatish mumkin ekan.
Skandinaviyada qish qattiq keladi, yoz esa qisqa.
Iqlim ancha noqulay hisoblanadi. Biroq mamlakat
aholisi yog‘li baliq go‘shtini ko‘p iste’mol qiladi.
Baliq yog‘i yurak, qon tomirlar, bo‘g‘imlarni
himoya qilib, altsgeymer xastaligining rivojlanish
jarayonini susaytiradi. 1970-yillarning boshiga
qadar bu mamlakat aholisi yurak xastaligi bilan
bog‘liq o‘lim holatlari bo‘yicha jahonda birinchi
o‘rinda turardi. Toza havoda jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanish targ‘iboti keng yo‘lga
qo‘yilgach, ahvol o‘zgardi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
mamlakat aholisining yetmish foizi sport bilan faol
shug‘ullanadi. Ulardan ko‘p baliq iste’mol qilish
va sport bilan yopiq zallarda emas, ochiq havoda
shug‘ullanishni o‘rgansa arziydi. ziyo-music.com
Italyanlar esa Yevropadagi eng ko‘p
chekuvchilardir. Shunga qaramay, Apennin yarim
orolida yashovchi bu xalq orasida yurak-qon
tomir va saraton xastaliklari kam uchraydi. Uzoq
umr ko‘rish sirlarini italyanlar mo‘‘tadil dengiz
iqlimi, achchiq qizil qalampirni ko‘p iste’mol qilish
hamda oilaviy-qarindoshlik munosabatlari
mustahkamligi bilan izohlaydilar. Ulardan
kengfe’llikni, yayrab yashash, ishga mukkasidan
ketmaslikni o‘rganish mumkin.
Kubada asosiy oziq-ovqat turlari talon orqali
sotiladi, ziyo-music.com odamlar eng o‘tkir
sigaralarni ko‘p chekishadi, kofeni litrlab ichadi.
Shunga qaramay, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi
yuqori. Mamlakat sog‘likni saqlash tizimi
samarali ishlaydi. Kubaliklar nihoyatda optimist
odamlar. Ulardan depressiyalarga berilmaslik va
omadsizlikdan aziyat chekmaslikni o‘rganish
kerak.
* * *
Boris Bolotov yoshi saksondan oshganiga
qaramay, sog‘ligidan shikoyat qilmaydi, xotirasi
mustahkam, o‘zi bardam va tetik. Shu sababli
o‘zini o‘smirlarday yengil his qiladi. Uning uzoq
vaqt sog‘lom, ziyo-music.com bardam va
baquvvat yashashining o‘ziga xos sirlari ko‘p. U
uyida tarkibi to‘rt xil kuchsiz kislotadan iborat
vino tayyorlaydi. Turli kvaslar tayyorlash ham
uning “xobbisi”. Uning fikricha, bu ichimliklar
organizmdagi viruslar, zamburug‘lar va
bakteriyalarni o‘ldiradi. “A’zoi badanimdagi
suyaklar xuddi yosh bolalarnikidek egiluvchan.
Nahang, osetra, kambala baliqlari, kalmarlar,
ziyo-music.com agar birorta yirtqich hamlasiga
duch kelmasa, juda uzoq yashaydi. Angliyada
vazni o‘n uch kilogrammlik kambala tutilganda
uning 850 yil yashagani aniqlangan”, deydi u.
B. Bolotovning fikriga ko‘ra, odam tanasidagi
limfalar hamisha tuzga to‘yingan bo‘lishi kerak.
Shunda bironta kasallik yo‘lamaydi, limfalardagi
tuzning kamayishi immunitetning susayishiga olib
keladi. Biroq e’tibor beradigan jihat shundaki,
o‘sha tuzlar tarkibi kaltsiysiz bo‘lishi kerak.
Shifokorlar ko‘pincha suyaklarni mustahkamlash
uchun kaltsiy qabul qilishni maslahat berishadi.
To‘g‘ri, kaltsiy suyakni mustahkamlaydi. Biroq
ayni shu jarayonda tog‘aylar va qon hosil
bo‘luvchi iliklar ziyon ko‘radi. ziyo-music.com
Shuni yoddan chiqarmangki, kaltsiy miqdori osh
tuzida 17 foiz, oddiy suvda 15 foiz, ko‘pgina dori-
darmonlar tarkibida esa 40 foizni tashkil etadi.
Kaltsiyni me’yordan ortiq qabul qilish tufayli biz
o‘z tog‘aylarimizni shikastlab, qarilikni
yaqinlashtiramiz.
B. Bolotov ko‘p yillar shifoxonalarda bo‘lib, vafot
etgan kishilarning kasallik tarixini o‘rgangan va
turli xastalikdan ko‘z yumganlarning aksariyati
qonining quyuqlashishidan qazo qilganiga e’tibor
qaratgan. Shunda odamlar xastalikdan emas,
ko‘pincha qonining quyuqlashishidan o‘ladi, degan
xulosaga kelgan. Uning o‘zi esa organizmidagi
kaltsiyni muttasil ravishda turli kvaslar, vinolar
bilan yuvib turadi. Shu sababli tog‘aylari mayin
va egiluvchan. U a’zoi badanidagi kaltsiysiz tuz
me’yorini saqlash evaziga turli shishlar va
qonning quyuqlashishi oldini olishga harakat
qiladi. Negaki, qonning quyuqlashishi ishqoriy
muhitdagina ro‘y beradi. Organizm har kuni 500
gramm miqdorida ishqoriy muhitli o‘lgan
to‘qimalarni ishlab chiqaradi. Radiatsiya, nitratlar,
zaharli moddalar ta’sirida zararlangan to‘qimalar
ham ana shunday ortiqcha chiqit bo‘lib, ulardan
qutulish uchun organizmga har kuni 8-9 litr
me’da shirasi (kuchsiz kislotalar) zarur bo‘ladi.
ziyo-music.com Ekologiyadagi o‘zgarishlar tufayli
organizm bundan kamroq miqdorda me’da shirasi
ishlab chiqaradi. Me’da shirasi yetishmasligi
tufayli organizmdan chiqib keta olmagan ortiqcha
chiqitlar shishlarni hosil qiladi.
Buning ustiga biz ko‘katlar va dori-darmonlar
bilan organizmimizni yanada ishqorlaymiz. Odam
ichagining uzunligi echkinikidek 35 metr emas,
atigi besh metr xolos. Shu sababli o‘tlar
ichaklarda achib ulgurmaydi. Bunda achitilgan
karam, sabzi va lavlagi iste’mol qilish organizmga
yordam beradi.
Qadimgi misrlik kohinlar va shifokorlar fir’avnlarni
tuz singdirilgan papirus matosiga o‘rab qo‘yish,
tuzlamalar va maxsus taomlardan iste’mol
qildirish yo‘li bilan yashartirishga muvaffaq
bo‘lishgan. Buning ustiga misrliklar zamonaviy
tibbiyotdan farqli o‘laroq, xastalikning asoratini
emas, uning sabablarini davolashda mohir
bo‘lishgan.

manba www.ziyo-music.com
Категория: Foydali Maslahatlar | Добавил: Admin (07.02.2016)
Просмотров: 1698 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025