| Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|
JAD VA JAR HAQIDA TUSHUNCHA.
Javada midlet yasalgandan so'ng JAR va JAD fayl hosil bo'ladi. JAR (Java ARchive) - bu o'zida .class fayllarni va dastur resurslarini saqlovchi arxiv fayl. Bu maxsus arxivator talab qilmaydiga oddiy zip arxiv. Arxivda dasturni tavsiflovchi MANIFEST.MF nomli fayl mavjud, u: dastur nomi, hajmi, fayl ikonkasi manzili va boshqalarni o'zida saqlaydi. Arxivga bir necha midletlarni ham joylashtirish mumkin, lekin odatda bunday qilinmaydi. JAD (JAva Descriptor) - bu java arxiv haqidagi ma'lumotlarni o'zida saqlovchi matnli fayl, lekin u JAR arxivdan alohida bo'lib, shu yo'sinda arxivni ko'chirmasdan turib u haqda ma'lumot olish mumkin. Ulardan yuklashdagi farq imzolangan sertifikatlarda: sertifikat JAD faylda saqlanadi va usiz dastur sertifikatlanmagan hisoblanadi. Okfan.Ru
|
| Категория: Telefon Sirlari | Добавил: Admin (25.01.2016)
|
| Просмотров: 1205
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
|
|