Пятница, 27.06.2025, 05:33
UzApk.Ru
Меню сайта
Категории раздела
Odnoklassniki sirlari [51]
Chiroyli nik tayyorlash [2]
Telefon Sirlari [71]
Telefon Proshivka Qilsh Sirlari [3]
Pishiriqlar [0]
Qiziqarli Ma'lumotlar [0]
Foydali Maslahatlar [8]
Kompyuterni O'rganamiz [6]
Dunyo G'aroyibotlari [0]
Kerakli Maslahatlar [0]
Pazandalik Sirlari [2]
Salomatlik Sirlari [0]
Hayotiy hikoyalar [0]
Sherlar Olami [0]
Bepul SmS Yuborish [4]
Tush Ta'birlari [5]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 37
Статистика

Hozirda saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Статьи » Foydali bo'lim » Telefon Sirlari

Telefonlar tarixi
Aloqa qurilmalari tarixi XIX-
asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish
jarayoni anchagina
qiyinchiliklar va sekinlik bilan
davom etdi. Qadimgi davrlarda
odamlar bir biriga maktubni
choparlar yoki karvonlar
yordamida yetkazar edi.
Bundan tashqari biror hodisa
haqida bir biriga xabar
yuborish uchun signal
minoralari, osmonga tutun
chiqarish, gulxan yoqish va
cherkov qo'ng'iroqlaridan
foydalanar edi. Bu usullar faqat
yaqin masofa uchun samarali
edi, ammo uzoq masofalarga
bu usulda xabar yuborishning
imkoni yo'q edi. Uzoq
masofalarga maktub jo'natish
juda ko'p vaqtni talab qilar edi.
Masalan: Yevropadan O'rta
osiyogacha maktub yetib
borishi uchun ber necha oylar
vaqt ketgan. Simli aloqa
Birinchi elektr telegrafi 1837-
yilda angliyalik ixtirochi Uilyam
Kuk (1806-1879) va Charlz
Uitson (1802-1875) yaratdi. Bu
telegrafda elektr toki
o'tkazgich sim orqali qabul
qiluvchiga yetkazilgan.
qurilmada signallar qabul
qiluvchining strelkasini
harakatga keltirib turli
harflarni ko'rsatgan va shu usul
yordamida har xil axborotlarni
uzoq masofaga yetkazish
imkoni paydo bo'lgan edi.
1843-yilda Amerikalik rassom
Semyuel Morze (1791-1872)
telegraf uchun yangi kodni
ixtiro qiladi. Uning bu kodi Kuk
va Uitson ixtiro qilgan kodlarni
o'zgartirilgani edi. Semyuel
Morze alifbodagi har bir harf
uchun tire va nuqtadan (�-�va
�.�) iborat kodlarni ishlab
chiqdi. Xabar uzatishda uzoq
signal tire (�-�)ni ifodalagan,
qisqa signal esa nuqta bilan
(�.�) ifodalangan. Morze kodi
hozirgi kunimizda ham
qo�llanilmoqda. Morze o'zining
telegrafini namoyish qilish
maqsadida Baltimordan to
Vashingtongacha bo'lgan 6 km
masofaga o'tkazgichli sim
yotqizdi va buning yordamida
prezidentlik saylovlari haqidagi
yangiliklarni uzatib turgan.
1858-yilda Charlz Uitson
shunday sistema quradiki
uning yordamida telegraf
apparatiga tushgan xabarni
operator uzun qog'oz lentaga
terib chiqardi. Keyin esa
maxsus kod yozuvchisi nuqta
va tiredan iborat signalni uzun
va qisqa signalga aylantirib
yuborgan. Opertorlar esa
signalni eshitib darhol uning
uzun qisqaligiga etiboran
nuqta yoki tire ko'rinishida
yozishar edi. Bu signalda Har
bir harf bir necha nuqta yoki
tiredan iborat bo'lgan.
Masalan: Z harfi " - - . . "(2 ta
tire va 2ta nuqta) ko'rinishda
bo'lgan. Hozirgi kundagi
axborot jo'natuvchi telegraf
qurilmalari ham shu qoida
sosida ishlaydi. Ammo nuqta va
tire signallarini harf
ko'rinishiga keltirish avtomat
tarzda amalga oshiriladi.
Birinchi telefondagi so'zlashuv
1876-yil 10-mart kuni bo'lgan.
Bellning shimiga kislota
quyiladi va u o'z hamkasbiga
telefon orqali murojaat etib:-
Janob Uotson, siz hozir mening
oldimga kela olasizmi, menga
kerak bo'ldingiz-deydi. Birinchi
telefon stansiyasi 1877-yili
Kannikuta (AQSh)da ochildi.
Stansiyadagi telefonchilar
abonentlarni bir biriga qo'l
bilan bog'lab bergan. 1883-
yilda Boston va Nyu-York
orasida yangi telefon aloqasi
yo'lga qo'yildi. Shundan so'ng
telefonaloqasi dunyo
mamlakatlarida juda tez
tarqaldi. Bu ixtironi fan
texnikaning katta yutuqlaridan
biri desak bo'ladi. Telefon
aloqasi to hozirgi kungacha
ko'p bosqichlardan o'tdi. Ular
kun sayin mukammallashib va
takomillashib bormoqda. Okfan.ru
manba okfan.ru
Категория: Telefon Sirlari | Добавил: Admin (09.01.2016)
Просмотров: 1524 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025