Ko`pchilik internetdan o`z telefoniga ko`ngliga yoqadigan temani qidiradi, ammo ko`p hollarda u tanlagan tema u o`ylaganidek bo`lib chiqmaydi.Bu maqolada men sizlarga qanday qilib ko`nglingizga yoqadigan temani tayyorlashni o`rgataman.Buning uchun birinchi telefonimizdagi bironta temani tanlab olamiz Keyin X- plore ( Mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.) http:// uzjava.ru/yuklama/uzbda ... 1.jar dasturiga kirib o`sha tema ustiga kelamizda 5 tugmasini bosamiz.Dastur tanlagan temamiz ichiga kiradi.U yerda tema fayllari ko`rinib turadi.Biz * tugmasi yordamida temaning hamma fayllarini belgilab chiqamiz, so`ngra ixtiyoriy tanlangan fayl ustida 1 ni bosamiz.Keyin birorta bo`sh papkaga boramiz.Agar bo`sh papka bo`lmasa dasturdan chiqmagan holda menyudan Papka tuzish ni tanlab yaratib olamiz va o`sha papkaga kirib 3 ni bosamiz.Keyin har bir chiqqan so`rovga ДА ni bosamiz.Dastur tanlagan temamiz fayllarini o`sha papkaga kopirovat qilib chiqarib tashlaydi.Bizning endigi qiladigan ishimiz temaning rasm va musiqalarini o`zimiznikiga almashtirish.Buning uchun o`sha papkadagi almashtirmoqchi bo`lgan faylimiz nomini (katta kichik va formatigacha) adashib ketmaslik uchun biron joyga yozib olamiz va o`sha faylni o`chirib tashlaymiz.Keyin o`z faylimizni huddi shunday (katta kichik va formatigacha) nomlab olamiz.Masalan tema fayli boshrasm.gif, sizniki men.jpg bo`lsa, dastur yordamida men.jpg ni hatto formatigacha boshrasm.gif deb o`zgartiramiz.O`zgartirib bo`lgach o`sha fayl ustida yana 1 ni bosib, ochkan papkamizga kiramiz va 3 ni bosib faylimizni o`sha papkamizda tashlaymiz.Qolgan o`zimizga kerakli fayllarni ham shu tariqa eski tema fayllariga almashtirib olamiz.Almashtirish ishini tugatgach papka ichidagi hamma fayllarni yana * orqali belgilab chiqamiz va menyudan Fayllarni jamlash (.nth) ni tanlaymiz. (Temangiz sony ericsson niki bo`lsa (.thm) ni tanlaymiz.)Keyin har bir chiqqan so`rovga ДА ni bosamiz.Bu faylning nechtaligiga bog`liq.Va nihoyat agar hamma narsani to`g`ri bajargan bo`lsangiz TEMA miz tayyor. manba okfan.ru