Foydalanuvchi OK Live hizmati yordamida ijtimoiy tarmoqdagi shahsiy profillar va guruhlarga mobil telefon orqali translyatsiya qilish imkoniga ega bo'ladi. Ko'rish davomida foydalanuvchilar sharhlar qoldirilishi va “Klass!” qo'yish imkoniyatiga egalar. Yangi translyatsiyalar to'g'risida foydalanuvchilar yangilik tasmasi yoki habarnamodan bilib olishadi.
Ilova Android- va iOS-moslamalari uchun mavjud. Ilovaning Android platformasida ishlovchi moslamalarda to'g'ridan-to'g'ri olib berilayotgan videoda mahsus fil'trlar ishlatish imkoniyati paydo bo'ldi. Ushbu imkoniyat yaqin orada iOS uchun ishlangan ilovada ham paydo bo'ladi.
OK Live videotranslyatsiyalarni amalga oshirish uchun alohida ilova. Agar foydalanuvchida ijtimoiy tarmoqda profil' mavjud bo'lmasa, u mobil raqami orqali ro'yhatdan o'tishi mumkin. Bu holatda u avtomatik tarzda “Odnoklassniki”da o'z profiliga ega bo'ladi. Hozircha barcha translyatsiyalar ochiq holatda va alohida foydalanuvchilar doirasida efir yaratish mumkin emas.
Ilova sinovi 2016-yilning aprel' oyi ohirida boshlandi. Iyun' oyida esa hizmat Qozog'iston, Armaniston va Moldova mamlakatlarida ishga tushirildi.
Manba kun.uz