XXR davlat kengashi rahbari Li Ketsyan Amerikaning Tesla avtozavodi boshlig‘i Ilon Mask bilan uchrashuvda unga Xitoy "grin-kartasi" berilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda XXR davlat kengashi matbuot xizmati xabar qildi.
Li Ketsyan Shanxayda Tesla zavodi qurilishiga rasmiy start berilganidan so‘ng Ilon Mask bilan uchrashdi.
"Shanxaydagi Tesla zavodini butun dunyo uchun namunaga aylantirmoqchiman. Xitoyni judayam sevaman va bu yerga tez-tez kelishga tayyorman", dedi Mask.
Li Ketsyan, o‘z navbatida unga doimiy ravishda yashash huquqi berilishi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Mask zavod qurilishining birinchi bosqichi yozda yakuniga yetishini, yil oxiriga kelib Model 3 elektromobillari ishlab chiqarilishini aytgandi.
"Jenmin jibao" gazetasining yozishicha, Xitoyda xorijliklar doimiy yashash huquqini olishlari juda qiyin ish bo‘lib, buning uchun shaxs kamida Nobel mukofoti sovrindori yoki mashhur sport yulduzi bo‘lishi lozim.
2004 yildan 2016 yilgacha Xitoy 10 mingga yaqin xorijlikka doimiy yashash huquqini bergan. Ular orasida yadroviy fizik Joan Xinton, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Robert Mandell, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari Kurt Vyutrix va Bernard Feringa, amerikalik basketbolchi Stefon Marberilar bor.
Tesla Shanxayda yiliga 500 mingta avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirgan, Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zavod qurilishi 5 milliard dollarga tushadi.
CES 2019 ko‘rgazmasida Gigabyte kompaniyasi sun'iy ong o‘rnatilgan noutbuklarini namoyish etdi. Sun'iy ong noutbukning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kompaniya Aero 15-Y9 va 15-X9 noutbuklarini taqdim etmoqda. Birinchisi Intel Core i9-8950HK protsessori va RTX 2080 videokartasi bilan ishlaydi. Uning 15,6 dyuymli displeyi 4K-hajmda ko‘rsatadi.
Aero 15-X9 esa Core i7-8750H protsessori va RTX 2070 videokartasi bilan jihozlangan. Har ikki noutbukka Azure AI servisi negizidagi sun'iy ong o‘rnatilgan. Sun'iy ong kompyuterda nima ishlayotganini (o‘yin, video yoki brauzer) aniqlaydi va protsessor hamda videokarta uchun eng maqbul quvvat darajasini tanlaydi.
Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi aksiyalari Honkong birjasida uch kun ichida 17%ga tushib ketdi, kompaniya bozor qiymatining 6,3 mlrd dollarini yo‘qotdi, deb xabar berdi Bloomberg. Investing.com saytining ma'lumotiga ko‘ra, 10 yanvar kuni Xiaomi aksiyalari 5% ga arzonlashgan va bitta aksiyaning birjadagi bahosi 9,83 Honkong dollarini tashkil etgan ($1,25).
Iyul oyida IPO birinchi kunida Xiaomi aksiyalari 19 Honkong dollariga teng bo‘lgandi ($2,42). Shu yilning 7 yanvar kuni bitta aksiya 1,53 dollarga baholangan bo‘lsa, keyingi ikki kunda aksiya narxi 7,50% va 6,85%ga arzonlashgan.
Analitiklar keyingi vaqtda smartfonlar bozorida savdo sur'atining pasayishi va boshqa ishlab chiqaruvchilarning raqobati kuchayishi sababli Xiaomi daromadlari tushib ketishini taxmin qilishmoqda.
Apple kompaniyasi birinchi chorakda yangi modeldagi iPhone smartfonlari ishlab chiqarishni 10% foizga kamaytiradi, deb xabar berdi Nikkei Asian Review gazetasi.
Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘tgan oy oxirida o‘z yetkazib beruvchilaridan yanvardan martgacha rejalashtirilganidan ko‘ra kamrok iPhone ishlab chiqarishni so‘ragan. Amerika kompaniyasi ikki oy ichida ikkinchi marta ishlab chiqarishni qisqartirmoqda. Bunda iPhone XS Max, XS va XR ko‘zda tutilmoqda.
O‘tgan haftada kompaniya aksiyalari qiymati 10%ga pasaygandi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk investorlarga yozgan ochiq xatida iPhone sotish hajmi pasayganini, bunga AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Samsung kompaniyasining choraklik operatsion daromadi ikki yil ichida ilk bor pasaydi. Bu haqda kompaniya 2018 yil 4-choragi uchun hisobotida ma'lum qildi.
Kompaniya bu davr ichida 9,6 mlrd dollar ishlab topgan, bu esa 2017 yilning shu davridagidan 28,7 foiz kamroqni tashkil qilgan. Daromadning kamayishiga kompaniya mikrosxemalariga talab pasaygani va smartfonlar bozorida raqobat kuchaygani sabab bo‘lgan. Shu sababli kompaniya 2019 yil 1-choragida ham daromad kamayishini kutmoqda.
Shunga o‘xshash vaziyat Apple kompaniyasi bilan ham yuz bermoqda. Kompaniya rahbari Tim Kuk yangi yilning 1-choragida daromad kamayishi mumkinligini aytgan. Bunga smartfonlar savdosining pastligi sabab bo‘lmoqda. Kuk bunda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi hamda foydalanuvchilarning eski modellardan yangilariga o‘tishni istamayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
"Apple" kompaniyasi bukiluvchan smartfon ishlab chiqarish imkonini beruvchi texnologiyaga patent oldi. Yaqinda xuddi shunday texnologiya "Apple"ning asosiy raqobatchisi bo‘lmish "Samsung" tomonidan ham taqdim etilgan edi.
"Samsung" gadjetlaridan farqli ravishda "Apple" smartfoni har ikkala tarafga – ichkariga va tashqariga bukila oladi. Kompaniya bunday texnologiyaga dosh beruvchi va deformatsiyaga uchramaydigan ekran yaratish harakatida. Patentda ta’rifdangan OLED-panel bukilishlarga chidamli bo‘lib, ekranni turli shikastlanish va darz ketishidan himoya qiluvchi maxsus polimer va pigment bilan qoplangan.
Boshqa patentlarda bo‘lgani kabi, ushbu texnologiya ham amalda yaratilishiga hech qanday kafolat yo‘q. Shunga qaramay, agar buklanuvchi smartfonlarga talab katta bo‘ladigan bo‘lsa, "Apple" shunday qurilmaning muqobil variantini ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Biroq u raqobatdoshlarinikidan ham yaxshiroq bo‘lishi lozim.
Bu yil smartfon ishlab chiqaruvchilar barchani hayratga solishga va'da berishgan. Android kompaniyalar iPhone X ‘dan nusxa ko‘chirishni to‘xtatib, yangi dizaynerlik ishlanmalariga e'tibor qaratmoqda.
Samsung Galaxy S10 Koreya kompaniyasi diagonali katta, ekranga barmoq izi skaneri joylashgan va uchta asosiy kameraga ega smartfon taqdim etmoqchi. Bu Galaxy S10 bo‘ladi. Shuningdek, S10 va S10+ bilan birga ikki kamerali S10 Lite ham sotuvga chiqariladi.
Huawei P30 Pro Kompaniya o‘z e'tiborini asosan kamera imkoniyatlariga qaratmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, P30 uchta kamera, P30 Pro esa to‘rtta kamerali bo‘ladi.
Smartfonga Kirin 985 protsessori o‘rnatiladi, tezkor xotirasi esa rekord – 12 GB bo‘ladi. U 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda.
Nokia 9 PureView Kompaniya ushbu smartfon taqdimotini o‘tgan yili ikki marta ortga surdi. Taqdimotga oz qoldi chamasi - smartfon Bluetooth Special Interest Group sertifikatini oldi.
Smartfonning yutug‘i – beshta modulli kamerada. Sensorlar yuqori sifatli Carl Zeiss optikasiga ega bo‘ladi.
Yangi smartfon diagonali 5,99 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlanishi kutilmoqda, akkumulyator sig‘imi 4150 mAs bo‘ladi. U Android Pie operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Buklama smartfonlar
Bu yil Samsung, Huawei va LG displeyi buklanadigan smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniyalarning fikricha, ular bir vaqtning o‘zida smartfon, planshet va noutbuk o‘rnini bosa oladi.
Honor View 20 Ushbu model Xitoyda namoyish etilgan, xalqaro taqdimoti esa 22 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
View 20 7 nanometrli Kirin 980 chipida ishlaydi, uning tezkorligi va quvvat sarfini sun'iy ong boshqaradi, GPU Turbo 2.0 dasturiy ta'minoti smartfon samaradorligini yanada oshiradi. Uning batareyasi sig‘imi 4000 mAsni tashkil etadi.
Qo‘shaloq kamera ham hayron qoldiradi — asosiy sensor 48 MP o‘lchamga ega. Ishlab chiqaruvchining va'da berishicha, uning yordamida tunda ham yuqori sifatli suratlarni olish mumkin.
Apple insonning yurak urishi, tana harorati va nafas olishi tezligini tahlil qiluvchi “aqlli” adyolni patentlashtirdi. Bu haqda New York Post nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, adyol iSheet deb nomlanib, uning matosi ichiga maxsus datchiklar tikiladi. Bu datchiklar ma'lumotlar to‘playdi, dasturiy ta'minot esa bu ma'lumotlarni optimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Ma'lumotlar simsiz boshqaruv panelida ko‘rsatiladi.
Adyol sog‘lig‘i bilan muammolarga ega odamlarga asqatadi. U inson o‘zini yomon sezganda tez yordam chaqira oladi. Bunday texnologiya Apple Watch 4 soatida ham bor. Soat uni taqib olgan odam yiqilib tushib, uzoq vaqt o‘rnidan ko‘tarilmasa, tez yordam chaqirtiradi.
Internetda Apple’ning “aqlli” qurilmalari ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgani haqida ko‘plab voqealarni uchratish mumkin.
Samsung Galaxy S10 model qatorining smarchfonlari rasmiy taqdimotiga 2 oyga yaqin vaqt qoldi. Taqdimot 2019 yil 20 fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Insayderlar ushbu smarchfonning uchta modeli qancha turishini ma'lum qilishdi. Narxlar ancha hayratga solishi aniq. Ma'lum qilinishicha, smarchfonning eng arzon modeli eng qimmatidan 2 marcha arzonroq turadi.
Ma'lum qilinishicha, Samsung yangi flagman smarchfonlariga maksimal ko‘proq e'tiborni jalb qilish va barcha raqobatchilardan o‘zib ketish maqsadida ularni MWC 2019 ko‘rgazmasiga 5 kun qolganda rasman taqdim qiladi. Shundan keyin telefonlarga buyurtmalar olinishi boshlanishi kerak. Smarchfonlar ko‘plab davlatlarda 8 march kunidan sotuvga chiqariladi.
Kompaniyaning uchta yangi modeli Samsung Galaxy S10, Galaxy S10 Lite va Galaxy S10+ chiqadi. So‘ngra ma'lum vaqtdan keyin sotuvga smarchfonning 5 G tarmoqlarga ulana oluvchi modeli chiqariladi.
Xaridorlar Samsung Galaxy S10 Lite’ning faqatgina 64 Gb tezkor xotiraga ega versiyasini 881 dollarga xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Galaxy S10+’ni esa 128 Gb va 512 Gb xotiraga ega modifikatsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi va ular mos ravishda 1007 va 1260 dollar turadi. Premial Galaxy S10+’ni 128 Gb, 512 Gb va 1024 Gbli modifikatsiyalarda mos ravishda 1134 dollar, 1386 dollar va 1765 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Yangi smarchfonlar bir-biridan o‘lchamlari, kameralari soni, turli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Samsung Galaxy S10 Lite 5,8-dyuymli, Galaxy S10 esa 6,1-dyuymli va Galaxy S10+ 6,4-dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Barcha modellarda Quad HD+ sifatidagi Super AMOLED-displeyi ishlatiladi.
20 dekabrda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi qurilmasi – mitti fotoprinterni taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, shu kundan boshlab Xiaomi Mijia Photo Printer deb nomlangan qurilmani kompaniyaning rasmiy saytidan juda past narxda – 72 dollarga sotib olish mumkin. Kompaniyada ta'kidlanishicha, qurilmaga buyurtmalar olina boshlangach 2 soat ichida undan 10 mingta sotilgan.
Yangi printerning asosiy jihati uning ixchamligidadir. Buning evaziga uni o‘zi bilan sayohatga ham olish mumkin. U o‘lchamlari bo‘yicha zamonaviy smartfonlar kabidir va birgina o‘chirish/yoqish tugmachasiga ega. Printer ishlay oladigan qog‘ozning maksimal formati A5’ni tashkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, fotoprinter bilan ishlashda yaxshi sifatdagi suratlar olish, zarurat bo‘lganda esa unda hujjatlarni bosish mumkin.
Printerda 300 x 300 dpi sifatidagi suratlarni olish mumkin. U smartfon yoki planshet yordamida Mijia dasturi orqali boshqariladi.
Printer uchun 40 ta suratni olishga mo‘ljallangan to‘plam 8,5 dollar turadi, ya'ni bir dona surat 20 sentga tushadi.
Kompaniyada ixcham printer tashrif qog‘ozlari, fotokartochkalar, otkritkalar bosish uchun juda qo‘l kelishi, bu esa endi ishini boshlayotgan tadbirkorlarda qiziqish uyg‘otishi mumkinligi aytilgan. manba Kun.uz