Internetda uchga buklanuvchi smartfon videosi paydo bo‘ldi. Ushbu videoni tvitterdagi sahifasida joylashtirgan insayder Evan Blassning taxminicha, ushbu smartfon Xiaomi’ning yangi gadjyetidir.
Videoda xitoy tilidagi operatsion tizimga ega smartfon tasvirlangan. Uning korpusini qorong‘i sababli ilg‘ashning imkoni yo‘q. Telefon egasi videoda zarurat bo‘lganda qurilma ekranining chap va o‘ng tomonini buklash mumkinligini namoyish qiladi. Manba Kun.uz
Huawei kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntida iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi va ularning maoshini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Xodimlar yangi yil haqidagi postni Apple smartfonida joylashtirishgan. Buni amerikalik taniqli texnobloger Markes Braunli sezgan.
Ayni paytda Huawei va Apple o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. Bu asosan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bilan bog‘liq.
Avvalroq Braunli ikki marta Samsung iPhone’dan foydalanib reklama qilganini aniqlagandi. Kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntlarida Galaxy Note 9 va Galaxy A9 smartfonlari asosiy raqobatchining qurilmasi yordamida reklama qilingan. manba Kun.uz
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi Redmi smartfonlar lineykasi alohida brendga aylantiriladi, deya xabar beradi GizmoChina. Xiaomi bosh direktori Ley Tszyunning izoh berishicha, ishlab chiqarilayotgan smartfonlar ikki brendga ajratiladi, ular sotuvlarga yondashuv jihatidan farqlanadigan bo‘ladi. Mi brendi ostida yuqori sifatli premium-toifa qurilmalar ishlansa, Redmi brendi ostida — byudjyet gadjyetlar ishlab chiqariladi.
Yangi brendning yo‘lga qo‘yilishi Xitoyda 10 yanvarga mo‘ljallangan, shu kuni 48 megapiksel kamerali birinchi smartfon namoyish etiladi.
Manbada ta'kidlanishicha, Xiaomi'ning yangi strategiyasi ilgari Huawei kompaniyasi qo‘llagan strategiyaga yaqin. Huawei yuqori sifatli telefonlarni ishlab chiqarishga diqqatni qaratgan bo‘lsa, uning sho‘'ba brendi hisoblangan Honor byudjyet qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. manba Kun.uz
AQShning aloqa bo‘yicha federal agentligi mutaxassislari eng xavfli 18 ta smartfondan iborat ro‘yxatni e'lon qilishdi. Ta'kidlanishicha, bu qurilmalar eng katta SAR-nurlanish (mobil telefonning organizmga ta'sir qiluvchi nurlanishi) darajasiga ega.
Eng xavfli telefon deb Google Pixel 3 XL topilgan. Uning inson to‘qimalari tomonidan elektr magnit nurlanishning yutilishi solishtirma koeffitsiyenti bosh uchun 1,35 Vt/kgni, tana uchun ham shuncha va maksimal ko‘rsatkich bo‘yicha 1,52 Vt/kgni tashkil qiladi.
2-o‘rinni 1,34 Vt/kg bilan Google Pixel 3, 3-o‘rinn OnePlus gadjyeti egallagan. Keyingi o‘rinlarni LG V40 hamda iPhone XS Max va XS egallagan. Ularning SAR-nurlanishi darajasi ham yuqori. Ta'kidlanishicha, Apple, Google va Samsung kompaniyalarining barcha yangi qurilmalari inson organizmiga salbiy ta'sir qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. manba Kun.uz
WhatsApp messenjeri eskirgan operatsion tizimlarda ishlashdan to‘xtaydi.
Ilova rasmiy saytida xabar berilishicha, 1 yanvardan boshlab Nokia S40 operatsiya tizimli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi. Bir yildan so‘ng, 2020 yil fevralida messenjer 2.3.7 va undan yuqori versiyadagi Android qurilmalarda, shuningdek, iOS 7’da ishlashni to‘xtatadi.
Messenjer har yili shunday «tozalashni» amalga oshiradi. O‘tgan yili u Windows Phone 8.0, BlackBerry OS va BlackBerry 10’da ishlashdan to‘xtadi. Undan avval - Nokia Symbian S60’da.
WhatsApp messenjeriga aslida Mark Tsukerbergning Facebook kompaniyasi egalik qiladi.
2019 yildan boshlab ilova zaiflashgan shifrlash bilan ishlaydi. Bu qaror Amerika hukumati talablariga bog‘liq.
Bundan tashqari, WhatsApp’da yaqinda reklama paydo bo‘ladi, shunda kompaniya ommabop messenjerdan foyda ola boshlaydi. manba Kun.uz
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi taxlanuvchi ekranli moslashuvchan televizorini patentladi. AQSh patent va savdo markalari boshqarmasi (USPTO) shu haqida xabar berdi.
«Rollable display device» («Moslashuvchan displey qurilmasi») nomini olgan ishlanma patentida televizor vertikal bo‘yicha o‘ziga xos tuguncha shaklida taxlanishi qayd etilgan.
Taxlangan televizorni ikki tomon modullarini harakatga keltirib ochish mumkin.
Samsung 8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida shunday televizor prototipini namoyish qilishi kutilmoqda.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, taxlanuvchi televizor modeli ustida ishlayotgan LG kompaniyasi bu borada Samsung'ga munosib raqib bo‘la oladi. Kompaniya o‘z prototipini 2018 yilning yanvarida namoyish qilgandi, biroq Samsung ishlanmasidan farqli o‘laroq, LG televizori ekrani pastga qarab taxlanadi. manba Kun.uz
Apple kompaniyasi joriy yilning kuzida taqdim etilgan yangi smartfonlariga buyurtmalar hajmini kamaytirdi. Shuningdek, Apple smartfonlar narxlarini pasaytirayotgan operatorlarga subsidiyalar beradi, deya ma'lum qiladi Gizchina nashri.
Yangi modellar qatorining to‘ng‘ich smartfoni iPhone XS Max yetarlicha mijozlarga ega, biroq mutaxassislarning fikricha, buni mutlaq muvaffaqiyat deyish qiyin.
City Research tadqiqot kompaniyasi baholariga ko‘ra, iPhone XS Max sotuvlari pasayib bormoqda, buning natijasida Apple yaqin orada bu modelga buyurtmalar hajmini kamaytirishiga to‘g‘ri keldi.
Joriy moliyaviy yilning ikkinchi choragida (1 yanvardan 31 martgacha) Apple yangi modelining buyurtmalar hajmi 48 foizga kamaytirilgan edi.
Natijada, Uilyam Yang tahlilchilarining ta'kidlashicha, Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari sotuvlari bo‘yicha kelgusi uch oylik prognozlarni 50 milliontadan 45 milliontagacha kamaytirishiga to‘g‘ri keladi. manba Kun.uz
Apple kompaniyasi har ikki tomonga bukiluvchi smartfon modeli uchun patent oldi. Aynan shu xususiyati gadjyetni yaqinda Samsung va Huawei tomonidan taqdim etilgan boshqa bukiluvchi modellardan farqlab turadi. Patently Apple ma'lumotiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar ko‘p martalab bukishga chidamli va uzoq vaqt xizmat qila oluvchi ekran yaratishni reja qilishmoqda. Buning uchun yangi iPhone`ni himoyaviy oyna o‘rnini bosuvchi maxsus qoplama bilan jihozlangan OLED-displeyi bilan jihozlash ko‘zda tutilyapti. Qayd etilishicha, maxsus qoplama displeyda yoriqlar paydo bo‘lishi va boshqa shikastlanishlardan asrash imkonini beradi. Ikki tomonga to‘la qayisha oluvchi iPhone modeli qachondan sotuvga chiqarilishi hozircha noma'lum. Ma'lumot uchun, 2016 yilning oktabr oyida Janubiy Koreyaning Samsung Display kompaniyasi OLED bukiluvchan displeylarini yaratish texnologiyasi uchun AQShda patent olgan edi. Shu yilning iyulida kompaniya plastikdan tayyorlanuvchi sinmaydigan ekranni namoyish etdi. manba Kun.uz
O‘zbekiston 2019 yil 1 yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘ini joriy qiladi.
Aktsiz solig‘i O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi oyiga 2000 so‘mga pasaytirilyapti. manba Kun.uz
The Mashable nashri 2018 yilning eng yomon smartfonini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, bu Red Hydrogen One smartfoni bo‘lib, uning yagona “plyuslari” uzoq ishlovchi batareyasi va baland tovush chiqaruvchi dinamiklari hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, smartfonning boshqa hamma ko‘rsatkichlari faqat “minus”dan iborat. Ta'kidlanishicha, qurilma displeyining sifati past va umuman olganda gadjyet og‘ir chiqqan. Bundan tashqari, u noqulay loyihalangan bo‘lib, katta o‘lchami sababli uni qo‘lda ushlash og‘riq beradi.
Smartfonning Android-interfeysi juda eski bo‘lib, narxi shunchalik yuqoriki, hattoki Apple’ning flagman smartfonlarini ortda qoldiradi.
Mutaxassislar smartfonni ishlab chiqqanlarni smartfonlar bozorining umumqabul qilingan tendensiyalariga qarshi borib, o‘zgacha qurilma yaratishga muvaffaq bo‘lishgani uchun maqtashgan. Biroq afsuski, bu tanlov noto‘g‘ri bo‘lgan. manba Kun.uz