Вторник, 15.07.2025, 22:25
UzApk.Ru
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Shou-Biznes yangiliklari
Texnologiya
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 37
Статистика

Hozirda saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Texnologiya
« 1 2 3 4

iPhone foydalanuvchilari uyali va Wi-Fi tarmoqlarga ulanishda muammolarga duch kelishayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb yozadi Forbes.

Xabar qilinishicha, muammo iOS 12.1.2 tizimi yangilanishidan so‘ng paydo bo‘lgan. Ushbu yangilanish orqali Apple kompaniyasi eSIM virtual sim kartasi faoliyatidagi nuqsonni to‘g‘rilagandi.

Avvalroq yangi iPhone foydalanuvchilari uning LTE tarmog‘ida sekin ishlashini aniqlashgandi. XR modeli 6 Plus modeliga nisbatan ma'lumot yuklashda uch va jo‘natishda ikki baravar sekin ishlagan.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 322 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)


Samsung’ning yangi gadjyeti, fevralda taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S10 haqida tobora ko‘proq yangi ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda.

Bu gal smartfon hozirda mavjud istalgan noutbuk yoki planshetdan ko‘ra kattaroq tezkor xotiraga ega bo‘lishi ma'lum bo‘ldi.

Smartfon 6,44 dyuymli, 1440 x 2960 pikselli displey oladi. Uning ekranida barmoq izlarining ultratovushli skaneri va 4000 mA-soat hajmga ega batareya bo‘ladi.

Biroq qurilma taqdim qiladigan asosiy “syurpriz” – 12 Gb tezkor xotiraga egaligi bo‘ladi. Shuningdek, smartfon bir terabayt ichki xotira bilan ta'minlanadi. manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 318 | Добавил: Admin | Дата: 29.11.2018 | Комментарии (0)


Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida fotosuratni tarmoqda chop qilishdan oldin unga stiker yopishtirish imkoniyati yaratildi. Bu xizmat tufayli foydalanuvchilar esdalik rasmlarini nafaqat o‘z do‘stlari va yaqinlari bilan baham ko‘rishlari mumkin, balki ularni yorqin hissiyotlar va tasvirlar bilan boyitishlari ham mumkin bo‘ldi. Ushbu imkoniyatni Android uchun OK ilovasida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Stikerlar yordamida fotosuratni bezashingiz, unga kulgili ibora joylashtirishingiz, hattoki fotosurat va unga mos keladigan rasm bilan romantik voqeani tasvirlab berishingiz mumkin. Bundan tashqari, OKda mashhur insonlarning stikerpaklari ham paydo bo‘ldi, shu tufayli endi o‘z fotosuratlaringizda yulduzlarning rasmlaridan foydalanishingiz mumkin: IOWA guruhining ijrochisi yoki Ilya Lagutenkoning rasmlari. Fotosuratni smartfondan yuklab olgandan keyin va uni chop etishdan oldin stikerni joylashtirishingiz mumkin.

Oxirgi bir oy mobaynida OK stikerlar peshtaxtasini sezilarli darajada yangiladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ixtiyoriga o‘nlab turdagi stikerpaklar topshirildi, foydalanuvchilar ular yordamida o‘zlarining shaxsiy xabarlarida hissiyotlarini baham ko‘rmoqdalar: ushbu davr mobaynida yuborilgan stikerlar soni 10 marotaba oshdi.

Shu bilan birga OKda turli xildagi qiziqishlarga ega insonlar uchun stikerlar yaratildi: geymerlar uchun, ofis xodimlari uchun, qarindoshlarning keskin iboralari aks ettirilgan stikerlar, hattoki dadil yakkashohcha aks ettirilgan stikerlar. Bu imkoniyatlar orqali OK foydalanuvchilari o‘zlariga mos keladigan stikerlar ro‘yxatini tuzishlari va har qanday vaziyatga to‘g‘ri keladigan stikerni tanlashlari mumkin.

Bundan oldin Odnoklassniki “Fotomomenty” xizmatini ishga tushirgan edi. Ushbu xizmat orqali smartfoningizdagi maxsus tanlab qo‘yilgan fotosuratlarni bir klik yordamida yaqinlaringiz bilan baham ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangi xizmat yaqin paytlarda olingan fotosuratlarni jamlab, chop etish uchun tayyor albom holiga keltiradi va sizga ularni yangiliklar lentasida chop etishingizni taklif etadi. manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 346 | Добавил: Admin | Дата: 29.11.2018 | Комментарии (0)


DriveSavers kompaniyasi barcha xohlovchilarga istalgan avloddagi iPhone’ni ochib berishni taklif qilmoqda. Kompaniya ushbu xizmati uchun 3900 dollar so‘ramoqda.

Bu taklif smartfonning parolini unutganlar yoki oilasining vafot etgan a'zosi gadjyetiga kirmoqchi bo‘layotganlar uchun dolzarb hisoblanadi.

Kompaniyada bu maqsadda bungacha faqatgina huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘llangan yangi texnologiyadan foydalaniladi. Kompaniyada texnologiyani huquq-tartibot idoralariga yordam berishda qo‘llamaslikka va'da berilgan. Bu yo‘l bilan kontaktlar va sms-xabarlardan tortib foto va videolargacha bo‘lgan barcha ma'lumotlarni tiklash mumkin.

Biroq bundan avval barcha mijozlar smartfonga egalik qilish huquqlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 361 | Добавил: Admin | Дата: 29.11.2018 | Комментарии (0)




Foydalanuvchi OK Live hizmati yordamida ijtimoiy tarmoqdagi shahsiy profillar va guruhlarga mobil telefon orqali translyatsiya qilish imkoniga ega bo'ladi. Ko'rish davomida foydalanuvchilar sharhlar qoldirilishi va “Klass!” qo'yish imkoniyatiga egalar. Yangi translyatsiyalar to'g'risida foydalanuvchilar yangilik tasmasi yoki habarnamodan bilib olishadi.
Ilova Android- va iOS-moslamalari uchun mavjud. Ilovaning Android platformasida ishlovchi moslamalarda to'g'ridan-to'g'ri olib berilayotgan videoda mahsus fil'trlar ishlatish imkoniyati paydo bo'ldi. Ushbu imkoniyat yaqin orada iOS uchun ishlangan ilovada ham paydo bo'ladi.
OK Live videotranslyatsiyalarni amalga oshirish uchun alohida ilova. Agar foydalanuvchida ijtimoiy tarmoqda profil' mavjud bo'lmasa, u mobil raqami orqali ro'yhatdan o'tishi mumkin. Bu holatda u avtomatik tarzda “Odnoklassniki”da o'z profiliga ega bo'ladi. Hozircha barcha translyatsiyalar ochiq holatda va alohida foydalanuvchilar doirasida efir yaratish mumkin emas.
Ilova sinovi 2016-yilning aprel' oyi ohirida boshlandi. Iyun' oyida esa hizmat Qozog'iston, Armaniston va Moldova mamlakatlarida ishga tushirildi.
Manba kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 1042 | Добавил: Admin | Дата: 12.08.2016 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Июль 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025