Четверг, 26.06.2025, 20:07
UzApk.Ru
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Shou-Biznes yangiliklari
Texnologiya
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 37
Статистика

Hozirda saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2019 » Январь » 06

Apple kompaniyasi har ikki tomonga bukiluvchi smartfon modeli uchun patent oldi. Aynan shu xususiyati gadjyetni yaqinda Samsung va Huawei tomonidan taqdim etilgan boshqa bukiluvchi modellardan farqlab turadi. Patently Apple ma'lumotiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar ko‘p martalab bukishga chidamli va uzoq vaqt xizmat qila oluvchi ekran yaratishni reja qilishmoqda. Buning uchun yangi iPhone`ni himoyaviy oyna o‘rnini bosuvchi maxsus qoplama bilan jihozlangan OLED-displeyi bilan jihozlash ko‘zda tutilyapti. Qayd etilishicha, maxsus qoplama displeyda yoriqlar paydo bo‘lishi va boshqa shikastlanishlardan asrash imkonini beradi.

Ikki tomonga to‘la qayisha oluvchi iPhone modeli qachondan sotuvga chiqarilishi hozircha noma'lum.

Ma'lumot uchun, 2016 yilning oktabr oyida Janubiy Koreyaning Samsung Display kompaniyasi OLED bukiluvchan displeylarini yaratish texnologiyasi uchun AQShda patent olgan edi. Shu yilning iyulida kompaniya plastikdan tayyorlanuvchi sinmaydigan ekranni namoyish etdi.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 266 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)


O‘zbekiston 2019 yil 1 yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘ini joriy qiladi.

Aktsiz solig‘i O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi oyiga 2000 so‘mga pasaytirilyapti.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 352 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)


The Mashable nashri 2018 yilning eng yomon smartfonini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, bu Red Hydrogen One smartfoni bo‘lib, uning yagona “plyuslari” uzoq ishlovchi batareyasi va baland tovush chiqaruvchi dinamiklari hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, smartfonning boshqa hamma ko‘rsatkichlari faqat “minus”dan iborat. Ta'kidlanishicha, qurilma displeyining sifati past va umuman olganda gadjyet og‘ir chiqqan. Bundan tashqari, u noqulay loyihalangan bo‘lib, katta o‘lchami sababli uni qo‘lda ushlash og‘riq beradi.

Smartfonning Android-interfeysi juda eski bo‘lib, narxi shunchalik yuqoriki, hattoki Apple’ning flagman smartfonlarini ortda qoldiradi.

Mutaxassislar smartfonni ishlab chiqqanlarni smartfonlar bozorining umumqabul qilingan tendensiyalariga qarshi borib, o‘zgacha qurilma yaratishga muvaffaq bo‘lishgani uchun maqtashgan. Biroq afsuski, bu tanlov noto‘g‘ri bo‘lgan.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 286 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)


iPhone foydalanuvchilari uyali va Wi-Fi tarmoqlarga ulanishda muammolarga duch kelishayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb yozadi Forbes.

Xabar qilinishicha, muammo iOS 12.1.2 tizimi yangilanishidan so‘ng paydo bo‘lgan. Ushbu yangilanish orqali Apple kompaniyasi eSIM virtual sim kartasi faoliyatidagi nuqsonni to‘g‘rilagandi.

Avvalroq yangi iPhone foydalanuvchilari uning LTE tarmog‘ida sekin ishlashini aniqlashgandi. XR modeli 6 Plus modeliga nisbatan ma'lumot yuklashda uch va jo‘natishda ikki baravar sekin ishlagan.
manba Kun.uz
Категория: Texnologiya | Просмотров: 321 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)


iPhone foydalanuvchilari uyali va Wi-Fi tarmoqlarga ulanishda muammolarga duch kelishayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb yozadi Forbes.

Xabar qilinishicha, muammo iOS 12.1.2 tizimi yangilanishidan so‘ng paydo bo‘lgan. Ushbu yangilanish orqali Apple kompaniyasi eSIM virtual sim kartasi faoliyatidagi nuqsonni to‘g‘rilagandi.

Avvalroq yangi iPhone foydalanuvchilari uning LTE tarmog‘ida sekin ishlashini aniqlashgandi. XR modeli 6 Plus modeliga nisbatan ma'lumot yuklashda uch va jo‘natishda ikki baravar sekin ishlagan.
manba Kun.uz
Просмотров: 315 | Добавил: Admin | Дата: 06.01.2019 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025