Apple insonning yurak urishi, tana harorati va nafas olishi tezligini tahlil qiluvchi “aqlli” adyolni patentlashtirdi. Bu haqda New York Post nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, adyol iSheet deb nomlanib, uning matosi ichiga maxsus datchiklar tikiladi. Bu datchiklar ma'lumotlar to‘playdi, dasturiy ta'minot esa bu ma'lumotlarni optimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Ma'lumotlar simsiz boshqaruv panelida ko‘rsatiladi.
Adyol sog‘lig‘i bilan muammolarga ega odamlarga asqatadi. U inson o‘zini yomon sezganda tez yordam chaqira oladi. Bunday texnologiya Apple Watch 4 soatida ham bor. Soat uni taqib olgan odam yiqilib tushib, uzoq vaqt o‘rnidan ko‘tarilmasa, tez yordam chaqirtiradi.
Internetda Apple’ning “aqlli” qurilmalari ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgani haqida ko‘plab voqealarni uchratish mumkin.
Samsung Galaxy S10 model qatorining smarchfonlari rasmiy taqdimotiga 2 oyga yaqin vaqt qoldi. Taqdimot 2019 yil 20 fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Insayderlar ushbu smarchfonning uchta modeli qancha turishini ma'lum qilishdi. Narxlar ancha hayratga solishi aniq. Ma'lum qilinishicha, smarchfonning eng arzon modeli eng qimmatidan 2 marcha arzonroq turadi.
Ma'lum qilinishicha, Samsung yangi flagman smarchfonlariga maksimal ko‘proq e'tiborni jalb qilish va barcha raqobatchilardan o‘zib ketish maqsadida ularni MWC 2019 ko‘rgazmasiga 5 kun qolganda rasman taqdim qiladi. Shundan keyin telefonlarga buyurtmalar olinishi boshlanishi kerak. Smarchfonlar ko‘plab davlatlarda 8 march kunidan sotuvga chiqariladi.
Kompaniyaning uchta yangi modeli Samsung Galaxy S10, Galaxy S10 Lite va Galaxy S10+ chiqadi. So‘ngra ma'lum vaqtdan keyin sotuvga smarchfonning 5 G tarmoqlarga ulana oluvchi modeli chiqariladi.
Xaridorlar Samsung Galaxy S10 Lite’ning faqatgina 64 Gb tezkor xotiraga ega versiyasini 881 dollarga xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Galaxy S10+’ni esa 128 Gb va 512 Gb xotiraga ega modifikatsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi va ular mos ravishda 1007 va 1260 dollar turadi. Premial Galaxy S10+’ni 128 Gb, 512 Gb va 1024 Gbli modifikatsiyalarda mos ravishda 1134 dollar, 1386 dollar va 1765 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Yangi smarchfonlar bir-biridan o‘lchamlari, kameralari soni, turli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Samsung Galaxy S10 Lite 5,8-dyuymli, Galaxy S10 esa 6,1-dyuymli va Galaxy S10+ 6,4-dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Barcha modellarda Quad HD+ sifatidagi Super AMOLED-displeyi ishlatiladi.
20 dekabrda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi qurilmasi – mitti fotoprinterni taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, shu kundan boshlab Xiaomi Mijia Photo Printer deb nomlangan qurilmani kompaniyaning rasmiy saytidan juda past narxda – 72 dollarga sotib olish mumkin. Kompaniyada ta'kidlanishicha, qurilmaga buyurtmalar olina boshlangach 2 soat ichida undan 10 mingta sotilgan.
Yangi printerning asosiy jihati uning ixchamligidadir. Buning evaziga uni o‘zi bilan sayohatga ham olish mumkin. U o‘lchamlari bo‘yicha zamonaviy smartfonlar kabidir va birgina o‘chirish/yoqish tugmachasiga ega. Printer ishlay oladigan qog‘ozning maksimal formati A5’ni tashkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, fotoprinter bilan ishlashda yaxshi sifatdagi suratlar olish, zarurat bo‘lganda esa unda hujjatlarni bosish mumkin.
Printerda 300 x 300 dpi sifatidagi suratlarni olish mumkin. U smartfon yoki planshet yordamida Mijia dasturi orqali boshqariladi.
Printer uchun 40 ta suratni olishga mo‘ljallangan to‘plam 8,5 dollar turadi, ya'ni bir dona surat 20 sentga tushadi.
Kompaniyada ixcham printer tashrif qog‘ozlari, fotokartochkalar, otkritkalar bosish uchun juda qo‘l kelishi, bu esa endi ishini boshlayotgan tadbirkorlarda qiziqish uyg‘otishi mumkinligi aytilgan. manba Kun.uz
Internetda uchga buklanuvchi smartfon videosi paydo bo‘ldi. Ushbu videoni tvitterdagi sahifasida joylashtirgan insayder Evan Blassning taxminicha, ushbu smartfon Xiaomi’ning yangi gadjyetidir.
Videoda xitoy tilidagi operatsion tizimga ega smartfon tasvirlangan. Uning korpusini qorong‘i sababli ilg‘ashning imkoni yo‘q. Telefon egasi videoda zarurat bo‘lganda qurilma ekranining chap va o‘ng tomonini buklash mumkinligini namoyish qiladi. Manba Kun.uz
Huawei kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntida iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi va ularning maoshini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Xodimlar yangi yil haqidagi postni Apple smartfonida joylashtirishgan. Buni amerikalik taniqli texnobloger Markes Braunli sezgan.
Ayni paytda Huawei va Apple o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. Bu asosan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bilan bog‘liq.
Avvalroq Braunli ikki marta Samsung iPhone’dan foydalanib reklama qilganini aniqlagandi. Kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntlarida Galaxy Note 9 va Galaxy A9 smartfonlari asosiy raqobatchining qurilmasi yordamida reklama qilingan. manba Kun.uz
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi Redmi smartfonlar lineykasi alohida brendga aylantiriladi, deya xabar beradi GizmoChina. Xiaomi bosh direktori Ley Tszyunning izoh berishicha, ishlab chiqarilayotgan smartfonlar ikki brendga ajratiladi, ular sotuvlarga yondashuv jihatidan farqlanadigan bo‘ladi. Mi brendi ostida yuqori sifatli premium-toifa qurilmalar ishlansa, Redmi brendi ostida — byudjyet gadjyetlar ishlab chiqariladi.
Yangi brendning yo‘lga qo‘yilishi Xitoyda 10 yanvarga mo‘ljallangan, shu kuni 48 megapiksel kamerali birinchi smartfon namoyish etiladi.
Manbada ta'kidlanishicha, Xiaomi'ning yangi strategiyasi ilgari Huawei kompaniyasi qo‘llagan strategiyaga yaqin. Huawei yuqori sifatli telefonlarni ishlab chiqarishga diqqatni qaratgan bo‘lsa, uning sho‘'ba brendi hisoblangan Honor byudjyet qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. manba Kun.uz
AQShning aloqa bo‘yicha federal agentligi mutaxassislari eng xavfli 18 ta smartfondan iborat ro‘yxatni e'lon qilishdi. Ta'kidlanishicha, bu qurilmalar eng katta SAR-nurlanish (mobil telefonning organizmga ta'sir qiluvchi nurlanishi) darajasiga ega.
Eng xavfli telefon deb Google Pixel 3 XL topilgan. Uning inson to‘qimalari tomonidan elektr magnit nurlanishning yutilishi solishtirma koeffitsiyenti bosh uchun 1,35 Vt/kgni, tana uchun ham shuncha va maksimal ko‘rsatkich bo‘yicha 1,52 Vt/kgni tashkil qiladi.
2-o‘rinni 1,34 Vt/kg bilan Google Pixel 3, 3-o‘rinn OnePlus gadjyeti egallagan. Keyingi o‘rinlarni LG V40 hamda iPhone XS Max va XS egallagan. Ularning SAR-nurlanishi darajasi ham yuqori. Ta'kidlanishicha, Apple, Google va Samsung kompaniyalarining barcha yangi qurilmalari inson organizmiga salbiy ta'sir qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. manba Kun.uz
WhatsApp messenjeri eskirgan operatsion tizimlarda ishlashdan to‘xtaydi.
Ilova rasmiy saytida xabar berilishicha, 1 yanvardan boshlab Nokia S40 operatsiya tizimli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi. Bir yildan so‘ng, 2020 yil fevralida messenjer 2.3.7 va undan yuqori versiyadagi Android qurilmalarda, shuningdek, iOS 7’da ishlashni to‘xtatadi.
Messenjer har yili shunday «tozalashni» amalga oshiradi. O‘tgan yili u Windows Phone 8.0, BlackBerry OS va BlackBerry 10’da ishlashdan to‘xtadi. Undan avval - Nokia Symbian S60’da.
WhatsApp messenjeriga aslida Mark Tsukerbergning Facebook kompaniyasi egalik qiladi.
2019 yildan boshlab ilova zaiflashgan shifrlash bilan ishlaydi. Bu qaror Amerika hukumati talablariga bog‘liq.
Bundan tashqari, WhatsApp’da yaqinda reklama paydo bo‘ladi, shunda kompaniya ommabop messenjerdan foyda ola boshlaydi. manba Kun.uz
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi taxlanuvchi ekranli moslashuvchan televizorini patentladi. AQSh patent va savdo markalari boshqarmasi (USPTO) shu haqida xabar berdi.
«Rollable display device» («Moslashuvchan displey qurilmasi») nomini olgan ishlanma patentida televizor vertikal bo‘yicha o‘ziga xos tuguncha shaklida taxlanishi qayd etilgan.
Taxlangan televizorni ikki tomon modullarini harakatga keltirib ochish mumkin.
Samsung 8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida shunday televizor prototipini namoyish qilishi kutilmoqda.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, taxlanuvchi televizor modeli ustida ishlayotgan LG kompaniyasi bu borada Samsung'ga munosib raqib bo‘la oladi. Kompaniya o‘z prototipini 2018 yilning yanvarida namoyish qilgandi, biroq Samsung ishlanmasidan farqli o‘laroq, LG televizori ekrani pastga qarab taxlanadi. manba Kun.uz
Apple kompaniyasi joriy yilning kuzida taqdim etilgan yangi smartfonlariga buyurtmalar hajmini kamaytirdi. Shuningdek, Apple smartfonlar narxlarini pasaytirayotgan operatorlarga subsidiyalar beradi, deya ma'lum qiladi Gizchina nashri.
Yangi modellar qatorining to‘ng‘ich smartfoni iPhone XS Max yetarlicha mijozlarga ega, biroq mutaxassislarning fikricha, buni mutlaq muvaffaqiyat deyish qiyin.
City Research tadqiqot kompaniyasi baholariga ko‘ra, iPhone XS Max sotuvlari pasayib bormoqda, buning natijasida Apple yaqin orada bu modelga buyurtmalar hajmini kamaytirishiga to‘g‘ri keldi.
Joriy moliyaviy yilning ikkinchi choragida (1 yanvardan 31 martgacha) Apple yangi modelining buyurtmalar hajmi 48 foizga kamaytirilgan edi.
Natijada, Uilyam Yang tahlilchilarining ta'kidlashicha, Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari sotuvlari bo‘yicha kelgusi uch oylik prognozlarni 50 milliontadan 45 milliontagacha kamaytirishiga to‘g‘ri keladi. manba Kun.uz