Четверг, 26.06.2025, 20:08
UzApk.Ru
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar
Shou-Biznes yangiliklari
Texnologiya
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 37
Статистика

Hozirda saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2019 » Январь » 09

Apple kompaniyasi birinchi chorakda yangi modeldagi iPhone smartfonlari ishlab chiqarishni 10% foizga kamaytiradi, deb xabar berdi
Nikkei Asian Review gazetasi.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘tgan oy oxirida o‘z yetkazib beruvchilaridan yanvardan martgacha rejalashtirilganidan ko‘ra kamrok iPhone ishlab chiqarishni so‘ragan. Amerika kompaniyasi ikki oy ichida ikkinchi marta ishlab chiqarishni qisqartirmoqda. Bunda iPhone XS Max, XS va XR ko‘zda tutilmoqda.

O‘tgan haftada kompaniya aksiyalari qiymati 10%ga pasaygandi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk investorlarga yozgan ochiq xatida iPhone sotish hajmi pasayganini, bunga AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Категория: Texnologiya | Просмотров: 295 | Добавил: Admin | Дата: 09.01.2019 | Комментарии (0)


Samsung kompaniyasining choraklik operatsion daromadi ikki yil ichida ilk bor pasaydi. Bu haqda kompaniya 2018 yil 4-choragi uchun hisobotida ma'lum qildi.

Kompaniya bu davr ichida 9,6 mlrd dollar ishlab topgan, bu esa 2017 yilning shu davridagidan 28,7 foiz kamroqni tashkil qilgan. Daromadning kamayishiga kompaniya mikrosxemalariga talab pasaygani va smartfonlar bozorida raqobat kuchaygani sabab bo‘lgan. Shu sababli kompaniya 2019 yil 1-choragida ham daromad kamayishini kutmoqda.

Shunga o‘xshash vaziyat Apple kompaniyasi bilan ham yuz bermoqda. Kompaniya rahbari Tim Kuk yangi yilning 1-choragida daromad kamayishi mumkinligini aytgan. Bunga smartfonlar savdosining pastligi sabab bo‘lmoqda. Kuk bunda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi hamda foydalanuvchilarning eski modellardan yangilariga o‘tishni istamayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Категория: Texnologiya | Просмотров: 298 | Добавил: Admin | Дата: 09.01.2019 | Комментарии (0)


"Apple" kompaniyasi bukiluvchan smartfon ishlab chiqarish imkonini beruvchi texnologiyaga patent oldi. Yaqinda xuddi shunday texnologiya "Apple"ning asosiy raqobatchisi bo‘lmish "Samsung" tomonidan ham taqdim etilgan edi.

"Samsung" gadjetlaridan farqli ravishda "Apple" smartfoni har ikkala tarafga – ichkariga va tashqariga bukila oladi. Kompaniya bunday texnologiyaga dosh beruvchi va deformatsiyaga uchramaydigan ekran yaratish harakatida. Patentda ta’rifdangan OLED-panel bukilishlarga chidamli bo‘lib, ekranni turli shikastlanish va darz ketishidan himoya qiluvchi maxsus polimer va pigment bilan qoplangan.

Boshqa patentlarda bo‘lgani kabi, ushbu texnologiya ham amalda yaratilishiga hech qanday kafolat yo‘q. Shunga qaramay, agar buklanuvchi smartfonlarga talab katta bo‘ladigan bo‘lsa, "Apple" shunday qurilmaning muqobil variantini ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Biroq u raqobatdoshlarinikidan ham yaxshiroq bo‘lishi lozim.
Категория: Texnologiya | Просмотров: 332 | Добавил: Admin | Дата: 09.01.2019 | Комментарии (0)


Bu yil smartfon ishlab chiqaruvchilar barchani hayratga solishga va'da berishgan. Android kompaniyalar iPhone X ‘dan nusxa ko‘chirishni to‘xtatib, yangi dizaynerlik ishlanmalariga e'tibor qaratmoqda.

Samsung Galaxy S10

Koreya kompaniyasi diagonali katta, ekranga barmoq izi skaneri joylashgan va uchta asosiy kameraga ega smartfon taqdim etmoqchi. Bu Galaxy S10 bo‘ladi. Shuningdek, S10 va S10+ bilan birga ikki kamerali S10 Lite ham sotuvga chiqariladi.

Huawei P30 Pro

Kompaniya o‘z e'tiborini asosan kamera imkoniyatlariga qaratmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, P30 uchta kamera, P30 Pro esa to‘rtta kamerali bo‘ladi.

Smartfonga Kirin 985 protsessori o‘rnatiladi, tezkor xotirasi esa rekord – 12 GB bo‘ladi. U 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda.

Nokia 9 PureView

Kompaniya ushbu smartfon taqdimotini o‘tgan yili ikki marta ortga surdi. Taqdimotga oz qoldi chamasi - smartfon Bluetooth Special Interest Group sertifikatini oldi.

Smartfonning yutug‘i – beshta modulli kamerada. Sensorlar yuqori sifatli Carl Zeiss optikasiga ega bo‘ladi.

Yangi smartfon diagonali 5,99 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlanishi kutilmoqda, akkumulyator sig‘imi 4150 mAs bo‘ladi. U Android Pie operatsion tizimi ostida ishlaydi.

Buklama smartfonlar

Bu yil Samsung, Huawei va LG displeyi buklanadigan smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniyalarning fikricha, ular bir vaqtning o‘zida smartfon, planshet va noutbuk o‘rnini bosa oladi.

Honor View 20

Ushbu model Xitoyda namoyish etilgan, xalqaro taqdimoti esa 22 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

View 20 7 nanometrli Kirin 980 chipida ishlaydi, uning tezkorligi va quvvat sarfini sun'iy ong boshqaradi, GPU Turbo 2.0 dasturiy ta'minoti smartfon samaradorligini yanada oshiradi. Uning batareyasi sig‘imi 4000 mAsni tashkil etadi.

Qo‘shaloq kamera ham hayron qoldiradi — asosiy sensor 48 MP o‘lchamga ega. Ishlab chiqaruvchining va'da berishicha, uning yordamida tunda ham yuqori sifatli suratlarni olish mumkin.
Категория: Texnologiya | Просмотров: 284 | Добавил: Admin | Дата: 09.01.2019 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025